Yana bir vebinarni oʻtkazib yuborishdan charchadingizmi? XM Jonli taʼlimini taqdim etamiz. Bu yerda tomosha qiling LIVE
1 hisobidan foreks, tovarlar, qimmatbaho metallar, energiya mahsulotlari va fond indekslari bilan savdo qiling.
XM MT4 yoki MT5 savdo platformalari yordamida dunyo bozorlariga bir zumda kiring.
Kechasi ochiq qoldirilgan pozitsiyalardan uzaytirish foizi olinishi mumkin. Foreks vositalari holatida oʻtkazilgan yoki yechilgan miqdor olingan pozitsiyaga (yaʼni uzoq yoki qisqa) hamda savdo qilinayotgan ikki valyuta kursi orasidagi farqdan kelib chiqadi. Aksiyalar va fond koʻrsatkichlari holatida esa oʻtkazilgan yoki yechilgan miqdor uzoq yoki qisqa pozitsiya tanlanishidan kelib chiqadi.
Uzaytirish foizi faqat naqd vositalarga nisbatan qoʻllanishiga eʼtibor bering. Amal qilish sanasiga ega fyuchers mahsulotlarida kechasi saqlash uchun toʻlovlar olinmaydi.
Uzaytirish ochiq pozitsiyaning hisob-kitob sanasining uzaytirilishidir (yaʼni, bajarilgan savdo hisob-kitob qilinishi kerak boʻlgan sana). Foreks bozori barcha spot savdolari hisob-kitobi uchun ikki ish kun ajratish imkonini beradi, bu valyutalarning jismoniy yetkazilishini anglatadi.
Ammo marja savdosida jismoniy yetkazish mavjud emas, shuning uchun barcha ochiq pozitsiyalar har kun oxirida (22:00 GMT) yopilishi va keyingi kuni ochilishi lozim. Shuning uchun bu hisob-kitobni qoʻshimcha yana bir savdo kuniga suradi. Bu strategiyaga uzaytirish deyiladi.
Uzaytirish treyderlarga zarar yoki foyda boʻlib keladigan svop shartnomasi orqali kelishiladi. XM pozitsiyalarni yopmaydi va qayta ochmaydi, balki shunchaki joriy foiz miqdoridan kelib chiqib oqshom ochiq qoldirilgan savdo hisoblari debeti/kreditini ochib yopadi.
XM mijozlarning hisoblarini debeti va kreditini amalga oshiradi va kunlik bank yopilish vaqti boʻlgan soat 22:00 GMTdan keyin ochiq qoldirilgan barcha pozitsiyalar uchun raqobatbardosh narxlarda uzaytirish foizini boshqaradi.
Bozorlar yopiq boʻladigan shanba va yakshanba kunlari uzaytirish boʻlmasada, banklar dam olish kunlari ochiq qoldirilgan har qanday pozitsiya uchun foizni hisoblaydi. Bu vaqt intervalini tekislash uchun XM foreks va spot metallari (oltin va kumush) uchun chorshanba kunlari hamda naqd indekslar, naqd energiya mahsulotlari va aksiyalar CFDlari uchun jumla kunlari 3-kunlik uzaytirish strategiyasini tatbiq etadi.
Foreks vositalari va spot metallaridagi pozitsiyalar uchun uzaytirish stavkalari uchun keyingi kun (yaʼni ertaga va keyingi kuni) stavkasi olinadi, jumladan pozitsiyani kechasi ushlab turish uchun XM ustamasi. Ertaga-keyingi kun stavkalari XM tomonidan belgilanmaydi, ular olingan pozitsiyadagi ikkita valyuta orasidagi foiz stavkasi farqidan kelib chiqadi.
Misol:
Siz USDJPY juftligida savdo qilasiz va ertaga-keyingi kun stavkalari quyidagicha deb hisoblasak:Umuman olganda hisoblash quyidagicha boʻladi:
Bunda +/- maʼlum juftlikdagi ikkita valyuta orasidagi kurs farqiga bogʻliq.
*Miqdor kotirovka valyutasining valyuta punktlariga oʻgiriladi.Aksiyalar va fond koʻrsatkichlari pozitsiyalari uchun uzaytirish stavkalari aksiya yoki koʻrsatkich uchun asosiy banklararo stavkasi (misol uchun Avstraliyada roʻyxatdan oʻtkazilgan aksiya uchun qisqa muddatli kreditlar uchun Avstraliya banklari orasida olinadigan foiz boʻlishi mumkin), plus/minus uzoq va qisqa pozitsiyalar uchun XM ustamasiga qarab belgilanadi.
Misol:
Siz Unilever (Buyuk Britaniyada roʻyxatdan oʻtkazilgan aksiya) savdosini amalga oshirayotgan deb va banklararo qisqa muddatli stavka kechasi ochiq qoldirilgan uzoq pozitsiya uchun Buyuk Britaniyada yiliga 1.5% deb hisoblasak, hisob-kitob quyidagicha amalga oshiriladi:Umuman olganda hisoblash quyidagicha boʻladi (quyida koʻrish mumkin boʻlgan kunlik stavkalar bilan):
Bunda +/- foydalanuvchi vosita boʻyicha qisqa yoki uzoq pozitsiyani tanlaganiga bogʻliq boʻladi.
Kriptovalyuta CFD mahsulotlari pozitsiyalari uchun uzaytirish stavkalari uning asosidagi aktivga bogʻlangan kredit yelkasidagi moliyalashtirish narxi hamda mavjud bozor sharoitlari tomonidan belgilanadi. Iqtisodiy mavhumlik yoki bozorda nobarqarorlik boʻlganda risklar darajasining ortishi tufayli uzaytirish stavkalari oshishi mumkin. Kriptovalyuta CFDlari uchun overnayt toʻlovlari dushanbadan jumagacha qoʻllanadi, bunda juma kunlari uch karra toʻlov olinadi.
Misol:
Kriptovalyuta CFD mahsulotlari pozitsiyalari uchun overnayt toʻlovini hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:* Kriptovalyutalar CFDlari uchun svop qiymatlari "punktlarda" taqdim etiladi va ularga platformamiz orqali osonlik bilan kirish mumkin.
** Taxminiy miqdor tegishli kotirovka valyutasining valyuta punktlariga oʻgiriladi.
22:00 GMT savdo kunining boshlanish va tugash vaqti sanaladi. Roppa-rosa 22:00 GMT da ochiq turgan har qanday pozitsiyalar uzaytiriladi va kechasi ochiq qoldiriladi. 22:01 da ochilgan pozitsiyalar keyingi kungacha uzaytirilmaydi, ammo siz pozitsiyani 21:59 da ochsangiz soat 22:00 GMT da uzaytirish amalga oshiriladi. 22:00 GMTda ochilgan har bir pozitsiya uchun bir soat ichida oʻtkazish yoki olish summasi chiqadi.
Riskdan ogohlantirish: Kapitalingiz risk ostida. Kredit yordamiga ega mahsulotlar hammaga ham toʻgʻri kelmasligi mumkin. Bizning Risklardan ogohlantirishimiz bilan tanishib chiqing.