Yana bir vebinarni oʻtkazib yuborishdan charchadingizmi? XM Jonli taʼlimini taqdim etamiz. Bu yerda tomosha qiling LIVE
1 hisobidan foreks, tovarlar, qimmatbaho metallar, energiya mahsulotlari va fond indekslari bilan savdo qiling.
XM MT4 yoki MT5 savdo platformalari yordamida dunyo bozorlariga bir zumda kiring.
Belgi | Quyidagigacha (punktgacha) past boʻlgan spredlar | Uzoq svop qiymati (Punktlar)** |
Qisqa svop qiymati (Punktlar)** |
1 lot qiymati | Cheklov va toʻxtatish darajalari* | Platforma |
---|---|---|---|---|---|---|
SILVER | 4.3 | -5.71 | 1.65 | 5 000 oz | 0 | MT4/MT5 |
GOLD | 3.7 | -44.88 | 19.67 | 100 oz | 0 | MT4/MT5 |
Belgi | Quyidagigacha (punktgacha) past boʻlgan spredlar | Uzoq svop qiymati (Punktlar)** |
Qisqa svop qiymati (Punktlar)** |
1 lot qiymati | Cheklov va toʻxtatish darajalari* | Platforma |
---|---|---|---|---|---|---|
SILVERmicro | 4.3 | -5.71 | 1.65 | 50 oz | 0 | MT4/MT5 |
GOLDmicro | 3.7 | -44.88 | 19.67 | 1 oz | 0 | MT4/MT5 |
Belgi | Quyidagigacha (punktgacha) past boʻlgan spredlar | Uzoq svop qiymati (Punktlar)** |
Qisqa svop qiymati (Punktlar)** |
1 lot qiymati | Cheklov va toʻxtatish darajalari* | Platforma |
---|---|---|---|---|---|---|
GOLD# | 1.9 | 0 | 0 | 100 oz | 0 | MT4/MT5 |
SILVER# | 2 | 0 | 0 | 5 000 oz | 0 | MT4/MT5 |
Belgi | Quyidagigacha (punktgacha) past boʻlgan spredlar | Uzoq svop qiymati (Punktlar)** |
Qisqa svop qiymati (Punktlar)** |
1 lot qiymati | Cheklov va toʻxtatish darajalari* | Platforma |
---|---|---|---|---|---|---|
GOLDm# | 1.9 | 0 | 0 | 1 oz | 0 | MT4/MT5 |
SILVERm# | 2 | 0 | 0 | 50 oz | 0 | MT4/MT5 |
Oltin va kumush uchun marja talabi quyidagicha hisoblanadi: Lotlar *Shartnoma oʻlchami * Bozor narxi / Kredit yelkasi.
Kumush uchun kredit yelkasi barcha hisob turlarida 400:1 bilan cheklanadi.
* Joriy bozor narxida kutayotgan buyruqlarni joylash uchun minimal daraja.
** Agar ochiq pozitsiyani keyingi savdo kuniga qoldirsangiz, siz valyuta juftligidagi ikki valyutadagi foizlarning farqiga asoslanib hisoblangan maʼlum miqdorni toʻlaysiz yoki olasiz. Bu operatsiyaga "svop" deyiladi. Savdo terminalida "svop" avtomatik ravishda depozit valyutasiga aylantiriladi. Operatsiya 00:00 da (GMT+2 mintaqasida, yozgi vaqt qoʻllanishi mumkin) amalga oshiriladi va unga bir necha daqiqa ketishi mumkin. Svop chorshanbadan payshanbagacha uch kun davomida yechiladi.
OLTIN VA KUMUSH SAVDO SOATLARI
(GMT+2 mintaqasida, yozgi vaqt qoʻllanishi mumkin)
Dushanba – Payshanba: 01:05 – 23:55
Juma: 01:05 – 23:50
Belgi | Tavsif | Minimal narx tebranishi qiymati | Quyidagigacha (kotirovka valyutasi) past boʻlgan spredlar | 1 lot qiymati | Min/Maks savdo hajmi | Marja foiz miqdori | Cheklov va toʻxtatish darajalari* | Platforma |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
PALL | Palladium | 0.1 USD | 10.01 | 10 Troy ounces | 1/45 | 4.5% | 0 | MT4/MT5 |
PLAT | Platinum | 0.1 USD | 4.25 | 10 Troy ounces | 1/100 | 4.5% | 0 | MT4/MT5 |
* Joriy bozor narxida kutayotgan buyruqlarni joylash uchun minimal daraja.
CFDlar uchun marja talabi quyidagicha hisoblanadi: Lotlar * Shartnoma oʻlchami * Ochilish narxi * Marja foizi hamda savdo hisobingizning kredit yelkasiga asoslanmaydi.
Siz CFDlarda pozitsiyalarni hedjlaganda va marjangiz darajasi 100%dan yuqori boʻlganda marja doim 50% boʻladi.
Kompaniyamiz muddati tugagan moliyaviy vositalar uchun yangi shartnomalarni avtomatik uzaytirishni taklif etmaydi.
Belgi | Tavsif | Server vaqti | Hafta kuni | Dushanba ochiladi | Juma yopiladi |
---|---|---|---|---|---|
PALL | Palladium | GMT +3 | 01:05 - 23:55 | 01:05 | 23:10 |
PLAT | Platinum | GMT +3 | 01:05 - 23:55 | 01:05 | 23:10 |
Kompaniyamiz muddati tugagan moliyaviy vositalar uchun yangi shartnomalarni avtomatik uzaytirishni taklif etmaydi.
Tavsif | Belgi | Mavjud shartnoma | Ochiq sana* | Faqat yopiq sanasi* | Eskirish sanasi* | Shartnoma oylari | Shartnoma eskirishi sanalari** |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Palladium | PALL | Jun | 2024-02-22 | 2024-05-23 | 2024-05-24 | MAR, JUN, SEP, DEC | Shartnoma eskirishi sanalari** |
Platinum | PLAT | Jul | 2024-03-21 | 2024-06-21 | 2024-06-22 | JAN, APR, JUL, OCT | Shartnoma eskirishi sanalari** |
*Faqat yopiq sanasi va eskirish sanalari haqiqiy sanaga yaqinlashgan sari oʻzgarishi mumkin. Bu fyuchers shartnomalarini boshqaradigan likvidlik provayderlari tomonidan oʻrnatilgan qoidalar bois yuz beradi va u faol shartnoma va keyingi eskiradigan shartnomaning har ikkisining likvidligiga bogʻliq boʻladi. Yangi vositaning ochiq sanasidan keyin keluvchi ish kuni avvalgi vositaning eskirish sanasi hisoblanadi.
** Eskirish sanasi har oyda oʻzgaradi va likvidlik provayderlarining uzaytirish rejalari va shartnomalarning likvidligiga bogʻliq boʻladi.
Kompaniyamiz muddati tugagan moliyaviy vositalar uchun yangi shartnomalarni avtomatik uzaytirishni taklif etmaydi.
Oltin savdosi va xom neft, mis yoki benzin bilan birga boshqa qimmatbaho metallar tovarlar bozorida muhim rol oʻynaydigan qattiq tovarlar hamda shartnoma asosida sotiladigan buyumlar sanaladi. Qimmatbaho metallarga oid shartnomalar oʻz ichiga fyucherslar, spot narxlari, forvardlar va opsionlarni oladi.
Fyuchers shartnomalarini ishga tushiradigan vositachi bu fyuchers birjasi yoki tovarlar bozoridir. Dunyo boʻylab investorlar yuqori iqtisodiy qiymati va barqarorligi tufayli yetakchi sotiladigan aktivlar boʻlgan oltin, kumush, platina va palladiy kabi qimmatbaho metallar sotiladigan taxminan 50 ta eng asosiy tovar bozorlariga kirish imkoniyatiga ega. Osiyo dunyodagi eng yirik qimmatbaho metallar bozori (bu tovarlarning eng asosiy isteʼmolchilari Xitoy, Hindiston va Singapur) boʻlgan bir chogʻda tovarlar bozorida Yevropa va Amerika korporatsiyalari yetakchilik qiladi va eng yirik qimmatbaho metall kompaniyalari Kanada va Germaniyada joylashgan.
Valyutalar va birja indekslaridan tashqari oltin va boshqa qimmatbaho metallar ham faol sotiladigan fyuchers birja bozori dam olish kunlaridan tashqari kuniga 24 soat ishlaydi. Umuman olganda, qimmatbaho metallar ikki asosiy yoʻl bilan sotib olinadi: spot shartnomalari va fyuchers shartnomalari orqali. Spot shartnomalari bu tovarlarni toʻlov va yetkazib berish uchun spot sanasida (odatda savdo sanasidan keyingi ikki ish kunida) jismonan xarid qilish yoki sotishni nazarda tutsa, fyuchers standartlashtirilgan shartnoma boʻlib, unga asosan ikki tomon qimmatbaho metallarni maʼlum miqdor va sifatda kelishilgan narxda (fyuchers narxi deyiladi) kelajakdagi maʼlum sanada yetkazish va toʻlash (yetkazish sanasi deyiladi) sharti bilan shartnoma tuzadi. Fyucherslarni xarid qilish va sotish savdo qilinadigan va onlayn sotiladigan tovarlarning amalda jismoniy egaligisiz yuz beradi.
Eng koʻp savdo qilinadigan qimmatbaho metallar bu oltin, platina, palladiy va kumush boʻlib, bu tovarlarning yuqori darajadagi savdo hajmi ularning iqtisodiy holatdan qatʼi nazar saqlanib turadigan ichki qiymati bilan izohlanadi. Oxirgi oʻn yilliklarda qimmatbaho metallarni onlayn xarid qilish va hatto uzoq muddatli investitsiya sifatida ularga jismoniy egalik qilish sezilarli darajada ortdi. Qimmatbaho metallar savdosi qisqa muddatli investitsiyaga qiziquvchilar uchun ham jalb etuvchi imkoniyat sanaladi, chunki derivativlar va birja shartnomalari kamroq kapital intensivligiga ega hamda ularning narx harakatlariga qarab pozitsiya olish osonroqdir.
Asosan ishlab chiqarish va isteʼmol darajasiga bogʻliq boʻlgan koʻpchilik tovarlardan farqli ravishda, masalan otlin savdosi narxlari bularga bogʻliq emas: ular siyosiy oʻzgarishlar pulsiga boʻysunadi va mavhumlik davrlarida oltindan boshqa bozorlarga nisbatan hedj funksiyasi sifatida foydalanish imkonini beradi. Oltin bilan birga platina, palladiy va kumush ham qimmatbaho aktivlar sanaladi va ularga monetar notinch vaqtlarda qiymat manbasi sifatida qaraydigan investorlar tomonidan olib sotiladi.
Narxlar oʻzgarishiga taʼsir oʻtkazadigan va qimmatbaho metallar bozorida nobarqarorlikni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan bir qancha omil mavjud. Eng asosiy omillardan biri bu dunyo moliyaviy tashkilotlari boʻlib, ularning investitsiyalari tabiatiga koʻra spekulyativ boʻlgani bois narxlarning tushishi yoki oʻsishiga sababchi boʻlishi mumkin. Bozorga taʼsir oʻtkazuvchi boshqa bir omil esa asosan zargarlik mahsulotlarining xaridorlari tomonidan qoʻzgʻatiladigan yakuniy foydalanuvchilarning trendlaridir: zargarlik mahsulotlariga boʻlgan talab metall bozorlari narxlarining oʻsishiga olib keladi. Iqtisodiyot ham bozor narxlariga taʼsir oʻtkazadi. Dunyodagi sogʻlom iqtisodiyotda boylik darajasi bevosita oltin va qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik mahsulotlariga talab bilan korrelyatsiya qiladi: investorlar yuqoriroq riskka ega investitsiya variantlarini qidirayotganda ayrim metallar narxi tushadi, boshqalari oʻsadi. Yana bir omil, qimmatbaho metallardan boshqa moliyaviy aktivlarga boʻlgan talabning oʻzgarishi ham narx oʻzgarishlariga olib keladi.
Qimmatbaho metallar, xususan, oltin doimo boylik ramzi boʻlib kelgan. Tarixdan oldingi davrlarda, oltin ayirboshlashda ishlatilganda va asrlar davomida qatʼiy belgilangan proba va vazndagi tangalar yoki quyma koʻrinishida boʻlsin, oltin qimmatbaho va talab kuchli boylik boʻlgan. Birinchi oltin tangalar miloddan avvalgi 600-yillarda zarb qilingan va uning pul almashinuvi (oltin standarti) uchun ishlatilishi 1930-yillargacha davom etgan. Elektr oʻtkazuvchanligi yuqori va egiluvchan metall sifatida oltin boshqa elementlarga taʼsir qilmaydi va u zargarlik, tijoriy kimyo va elektronikadan tortib tibbiyotgacha boʻlgan bir qancha sohalarda qoʻllaniladi. Tovar puli sifatida oltin faqat 1976 yildan keyin fiat valyuta tizimi bilan almashtirildi, ammo u bugungi kungacha barqaror investitsiya aktivi boʻlib qolmoqda.
Oltin bilan bir qatorda 4 ming yildan ortiq vaqt davomida kumush ham 19-asrgacha davom etgan kumush standarti sifatida pul almashinuvida ishlatilgan. Sanoat, tijorat va isteʼmol talabi kumushni investitsiya qilish uchun kuchli aktivga aylantiradi va kumush fyuchersi kabi derivativlar dunyoning turli fond bozorlarida sotiladi. Onlayn savdoning paydo boʻlishi bilan kumushga sotiladigan mahsulotlar investorlar uchun kumush narxiga taʼsir qilish va unga uzoq muddatli investitsiya kiritishning oson yoʻliga aylandi.
Qadimgi tamaddunlardan beri investitsiya aktivlari sifatida mavjud boʻlgan oltin va kumush savdosi bilan taqqoslaganda, platina va palladiy moliya sektorida qisqaroq tarixga ega. Biroq, ularning tanqisligi va yillik kon ishlab chiqarish miqdori, shuningdek, bir nechta sanoat sohalaridagi turli maqsadda foydalanilishi tufayli, ular baʼzida oltindan ham yuqori narxda sotishga moyildirlar. Oltindan 10 baravar kam, platina boylik timsoli sanaladi va oq oltin-platina qorishmalari Kolumbgacha boʻlgan tamaddun davridayoq ishlatilgan. Yevropada platina haqida birinchi maʼlumot 16-asrda paydo boʻlgan va 18-asrdan undan zargarlik, avtomobil va kimyo sanoati, stomatologiya va hatto tibbiyotda foydalanilgan.
Platinaga oʻxshab, palladiy ham texnologiyada muhim rol oʻynaydi. 19-asrda Yevropada kashf etilganidan beri palladiyga global talab asosan avtomobil sanoatida sezilarli darajada oshdi, lekin u tibbiyotda, elektrotexnika sanoatida, zargarlik buyumlarida va, albatta, investitsiya aktivi sifatida keng qoʻllaniladi. Talab va taklif (yaʼni bozorda narxni belgilash) tufayli barqaror iqtisodiy barqarorlik davrida platina va palladiyning narxi oltinnikiga teng yoki undan yuqori boʻlishi mumkin, ammo shu bilan birga iqtisodiy mavhumlik davrlarida ularning narxlari oltinnikidan past boʻlishi mumkin va oltin investitsiya qilish uchun barqarorroq metallga aylanadi.
Qimmatbaho metallar 1970-yillardan beri sotiladigan eng ommabop qattiq tovarlar sirasiga kiradi. Valyutalar ayriboshlash (foreks) savdosidan tashqari, oltin va boshqa qimmatbaho metallarga uzoq muddatli investitsiya kiritish inflyatsiya yoki iqtisodiy/siyosiy beqarorlik vaqtida risklarni boshqarish portfelining dunyo boʻylab mashhur sanalga uslubidir.
Fyuchers shartnomalarining boshqacha nomi derivativ shartnomalaridir, yaʼni ularning qiymati uning oʻzagida yotgan aktivning koʻrsatkichlaridan olinadi. Qimmatbaho metallar fyucherslariga investitsiya qilishning asosiy maqsadlaridan biri bu risklarning oqibatlarini yumshatishdir: shartnoma xaridori yoki sotuvchisining fyuchers tranzaksiyalari uchun narx yoki stavkalarni oldindan belgilash qobiliyatidan kelib chiqib ularning har ikkisi sezilarli yoʻqotishlarga olib kelishi mumkin boʻlgan narxlarning kuchli yoki kutilmagan harakatlanishiga qarshi himoyalanishi mumkin.
Qimmatbaho metallar har ikki yoʻnalishda sotilishi mumkin: agar bozor yuqoriga koʻtarilishi kutilsa (buqa tendensiyasi), fyuchers shartnomasini sotib olish (shoshilinch pozitsiya) orqali savdoga kirish va uni sotish orqali savdodan chiqish mumkin; va agar pasayish tendensiyasi (ayiq tendensiyasi) kutilayotgan boʻlsa, fyuchers shartnomasini sotish (taʼminotsiz sotish) orqali savdoga kirish va shartnomani sotib olish orqali savdodan chiqish mumkin. Bundan tashqari, bir nechta fyuchers shartnomalari bilan savdo qilish imkoniyati beriladi, bu bir nechta alohida kirish va chiqishlarni amalga oshirishni oʻz ichiga oladi, yaʼni har xil narxlarda shartnomalar tuzish va bitta narxda chiqish yoki buning teskarisini amalga oshirish mumkin. Ikkala yoʻnalishda ham savdo qilish qobiliyati investorlarga bozorning yuqoriga yoki pastga harakatlanishidan qatʼi nazar foyda olish imkonini beradi.
Riskdan ogohlantirish: Kapitalingiz risk ostida. Kredit yordamiga ega mahsulotlar hammaga ham toʻgʻri kelmasligi mumkin. Bizning Risklardan ogohlantirishimiz bilan tanishib chiqing.